Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 23-avgust
Xizmat
eStats marketpleyslar (Uzum Market, Yandex Market, Wildberries, Ozon va boshqalar) sotuvchilariga tovarlarining tan narxini, sotuvlarini va foydasini hisoblab beradi. Xizmatdan foydalanish uchun akkaunt ochish va do'kon API ulanishlarini sozlash kifoya.
Sizning javobgarligingiz
- Faqat o'zingizga tegishli do'kon ulanishlarini kiritasiz.
- Kiritgan tan narx va kirim ma'lumotlarining to'g'riligi sizning zimmangizda.
- Akkauntingizga kirish huquqini boshqalarga bermaysiz.
Hisob-kitobning aniqligi
Hisob-kitob siz kiritgan kirimlar va marketpleys API'laridan olingan sotuv ma'lumotlariga asoslanadi. Kirim kiritilmagan yoki sotuv tarixi to'liq yuklanmagan bo'lsa, natija to'liq bo'lmaydi — bunday holatlar interfeysda alohida ogohlantiriladi. Xizmat buxgalteriya yoki soliq hujjati o'rnini bosmaydi va moliyaviy maslahat hisoblanmaydi.
Marketpleyslar bilan bog'liqlik
eStats marketpleyslarning (Uzum, Yandex, Wildberries, Ozon) rasmiy mahsuloti emas va ular bilan hamkorlikda ishlab chiqilmagan mustaqil servisdir. Tashqi marketpleys API'lari o'zgarsa yoki ishlamay qolsa, xizmatning ba'zi qismlari vaqtincha ta'sirlanishi mumkin.
Xizmatni to'xtatish
Istalgan vaqtda magazinlaringizni o'chirib, xizmatdan foydalanishni to'xtatishingiz mumkin.
Aloqa
turaqulovfayoz4@gmail.com