Marketpleyslar uchun ombor zaxirasi kalkulyatori
Tovaringiz tugab qolib savdo to'xtamasligi uchun qachon va qancha yangi partiyaga zakaz berish kerakligini professional hisoblab oling.
Ombor Zaxirasini Rejalashtirish Kalkulyatori
Tovaringiz tugab qolmasligi (Out of Stock bo'lmasligi) uchun qachon va qancha zaxira saqlash kerakligini biling.
Omborda 120 dona qolgan, xavfsiz chegara esa 345 dona. Yangi tovar kelguncha zaxira tugab qolish xavfi juda yuqori!
Zaxirani to'g'ri rejalashtirish foydalari
Ko'p beriladigan savollar
Nega tovarning omborda tugab qolishi (Out of Stock) xavfli?
Uzum Market va boshqa marketpleys algoritmlari qoldig'i 0 bo'lib qolgan tovar kartochkasining qidiruvdagi o'rnini keskin pasaytiradi. Siz oylab mehnat qilib TOP ga chiqargan tovaringiz 3 kunda qoldiqsiz qolsa, qidiruvning oxirgi sahifalariga tushib ketishi va qayta ko'tarish uchun yana katta reklama talab qilinishi mumkin.
Reorder Point (Qayta buyurtma nuqtasi) nima?
Bu ombordagi tovarlar soni ma'lum chegaraga yetganda yangi partiyaga darhol buyurtma berish lozimligini bildiruvchi signal soni. U yetkazib berish muddati va kutilmagan kechikishlar xavfini to'liq qoplaydi.