Boshlovchilar Uchun

Uzum Marketda do'kon ochish to'liq yo'riqnomasi (2026)

O'zbekistonning eng yirik marketpleysida savdo boshlash uchun zarur bo'lgan barcha huquqiy, moliyaviy va texnik talablar.

1-Qadam: Yuridik maqom (YaTT yoki MChJ)

Uzum Market faqat rasmiy ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlar bilan ishlaydi. Jismoniy shaxs sifatida savdo qilish mumkin emas.

  • YaTT (Yakka tartibdagi tadbirkor) — yangi boshlovchilar uchun eng maqbul yo'l. Ro'yxatdan o'tish 30 daqiqa vaqt oladi.
  • Bank hisob raqami — Uzum tushumni har hafta to'g'ridan-to'g'ri hisob raqamingizga o'tkazadi.
  • Elektron raqamli imzo (ERI) — E-imzo orqali shartnoma masofadan imzolanadi.

2-Qadam: Uzum Seller kabinetida ro'yxatdan o'tish

Rasmiy portalda anketani to'ldirasiz: STIR (INN), bank rekvizitlari va aloqa ma'lumotlari kiritiladi. Shartnoma tekshirilib tasdiqlangach (odatda 1-2 ish kuni), shaxsiy kabinetingiz faollashadi.

3-Qadam: Tovar tanlash va Bozor tahlili

Hech qachon tovarni tavakkal sotib olmang. Tovarni xarid qilishdan oldin eStats bozor tahlili orqali:

  • • Toifada qancha sotuvchi va qancha tovar borligini tekshiring.
  • •Raqobatchilarning oylik savdo hajmini ko'ring.
  • • eStats komissiya kalkulyatori orqali sof foyda va marjangizni hisoblang.

4-Qadam: Tovarni omborga topshirish (Akt va Qadoqlash)

Har bir tovar uchun Uzum shtrix-kodi (barkod) chop etilib, qadoq ustiga yopishtiriladi. Kirim hujjati (nakladnoy) shakllantiriladi va tovar saralash markaziga yoki Uzum omboriga topshiriladi.

Do'koningizni birinchi kundan professional boshqaring

eStats platformasi ombor, tan narx (FIFO) va reklamangizni avtomatik nazorat qilib beradi.