Reklama Strategiyasi

Boost TOP reklamani to'g'ri sozlash va tejash

Reklamaga pul sochishni to'xtating. Har bir so'm investitsiya ko'proq sof daromad keltirsin.

1. Qoidani o'rnatish: DRR < Marja

Reklama boshlashdan oldin tovaringizning marjasini aniqlang. Agar tovar marjasi 20% bo'lsa, reklamaga ketgan sarf (DRR) 12-15% dan oshmasligi kerak. eStats DRR kalkulyatori orqali buni har kuni kuzatib boring.

2. Kichik stavkadan boshlash

Birdaniga eng yuqori stavka qo'ymang. Kichikroq stavka bilan boshlab, 24 soat ichida qancha ko'rish va savdo keltirganini test qiling. Faqat savdo keltirayotgan tovarlarga stavkani bosqichma-bosqich oshiring.

3. Kartochka tayyor bo'lmasdan reklama yoqmang

Agar tovaringizda yaxshi rasm, xaridorgir narx va kamida 3-5 ta ijobiy sharh bo'lmasa, reklamaga sarflangan pul shunchaki havoga uchadi. Reklamani faqat tayyor va jozibador kartochkalarga yoqing.

4. eStats Marketing Moduli bilan avtomatik nazorat

eStats platformasi qaysi kampaniyalar pulni yeb qo'yayotganini va qaysi biri haqiqiy foyda keltirayotganini real vaqtda ko'rsatadi. Samarasiz reklamalarni bir zumda to'xtatishingiz mumkin.

DRR ko'rsatkichingizni hoziroq hisoblang

Bepul kalkulyatorimiz orqali reklamangiz foyda yoki zararda ekanini bilib oling.