Uzum Market va Wildberries uchun Bepul Shtrix-kod & Etiketka Generatori
Termoprinterlar (Xprinter, HPRT, Godex) uchun 58×40 mm, 43×25 mm va 75×120 mm o'lchamdagi tovar etiketkalarini onlayn generatsiya qiling va chop eting.
Etiketka ma'lumotlari
Uzum Market va Wildberries etiketka talablari
- •Shtrix-kod Code-128 yoki EAN-13 formatida aniq va kontrastli bo'lishi shart.
- •Uzum Market uchun tavsiya etiladigan standart etiketka o'lchami: 58×40 mm.
- •Etiketkada mahsulot nomi, artikul, shtrix-kod va ishlab chiqaruvchi ko'rsatilishi shart.
- •Termo-etiketka tovarning zavod qadog'iga yoki shaffof ziplock paketiga yopishtiriladi.
Uzum Market va Wildberries uchun tovarlarni to‘g‘ri markirovka qilish
Marketpleyslarda sotuvni boshlashdagi eng muhim bosqichlardan biri bu tovarlarni FBO (omborga topshirish) yoki FBS (buyurtma tushganda topshirish) talablariga mos tarzda markirovkalashdir. Agar shtrix-kod sifatsiz bo‘lsa yoki ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, ombor qabul qiluvchilari tovaringizni qabul qilmasligi (brak/vozvrat qilishi) mumkin.
eStats Shtrix-kod Generatori orqali siz hech qanday murakkab grafik dasturlarsiz (CorelDraw, Photoshop) to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzer orqali tovarlaringizga professional stiker tayyorlashingiz va Xprinter, TSC, Godex kabi barcha standart termoprinterlarda bir zumda chop etishingiz mumkin.
Omboringizdagi minglab tovarlarni avtomatik hisobga oling
eStats platformasida barcha tovar qoldiqlari, partiyalar, tannarx (FIFO) va shtrix-kodlar yagona tizimda boshqariladi. Excel jadvallaridan butunlay voz keching.