Marketpleyslar uchun mukammal ombor dasturi
Qaysi tovar qancha qolgani, qaysi partiya qachon tugashi va ombordagi zaxiraning umumiy qiymatini real vaqtda ko'rib boring.
Partiyalar nazorati
Har bir kirim bo'yicha sana, yetkazib beruvchi, miqdor va tan narxni alohida saqlang. Eski va yangi partiya narxlari aralashib ketmaydi.
Qoldiqlar ogohlantirishi
Tovaringiz tugab qolish xavfi (Out of Stock) paydo bo'lganda tizim sizni oldindan ogohlantiradi. Bozor reytingingiz tushib ketishiga yo'l qo'ymang.
Dublikat tovarlar birlashuvi
Bitta tovar Uzum yoki WB da 2 marta qo'yilgan bo'lsa, ularni bitta omborga bog'lab, haqiqiy umumiy qoldiqni aniq nazorat qilasiz.
Ko'p beriladigan savollar
eStats ombor moduli marketpleys qoldiqlari bilan qanday bog'lanadi?
Do'koningiz ulangach, eStats barcha SKU va tovarlarni avtomatik tortadi. Siz har bir kirim partiyasi uchun tovar miqdori va sotib olish narxini kiritasiz. Sotuvlar sodir bo'lganda, qoldiqlar real vaqtda yangilanadi va FIFO bo'yicha hisobdan chiqariladi.
Bir xil tovar ikkita kartochkada bo'lsa ombor qanday hisoblanadi?
eStats'da «Bir xil tovar» (Duplicate linking) funksiyasi mavjud. Agar bitta tovar bozorga ikki xil e'lon sifatida qo'yilgan bo'lsa, ularni bitta umumiy ombor zaxirasiga bog'lab qo'yishingiz mumkin. Bu omborda yo'q tovarni bordek hisoblash xatosini butunlay yo'q qiladi.