Bozor Razvedkasi va Nishalar

Marketpleyslar uchun kuchli tashqi bozor tahlili

O'zbekiston va xalqaro marketpleyslardagi eng talabgir tovarlar, bo'sh nishalar va raqobatchilarning haqiqiy sotuvlarini kashf eting. Tavakkal qilishni to'xtating.

Bo'sh va daromadli nishalar

Talab katta, lekin sifatli taklif kam bo'lgan nishalarni birinchi bo'lib toping. Bozorga eng kerakli tovar bilan kirib boring.

Raqobatchilar tahlili

Raqobatchilaringiz kuniga nechta sotyapti, qancha pul ishlayapti, qachon narx tushirdi yoki ko'tardi — barchasini ochiq ko'ring.

Trendlar va mavsumiylik

Tovarning qaysi oylarda eng ko'p talabga ega bo'lishini oldindan rejalashtiring. Mavsum boshlanishidan oldin omborni kerakli mahsulot bilan to'ldiring.

Tovarni omborga tiqib qo'ymaslik uchun

Oylik aylanma va o'rtacha chekni ko'rib xarid hajmiga baho berish
Monopoliya bor-yo'qligini aniqlash: bozorni 1-2 sotuvchi egallab olganmi?
Uzum, Yandex va Wildberries kabi bozorlar o'rtasida narxlar farqi (arbitraj)
Yangi tovarlar reytingi va tez ko'tarilayotgan yulduzlar tahlili

Ko'p beriladigan savollar

Bozor tahlili menga yangi tovar tanlashda qanday yordam beradi?

Ko'r-ko'rona tovar olib kirish xavfli. eStats orqali siz qaysi kategoriyada talab yuqori, ammo sotuvchilar va tovarlar soni kamligini (bo'sh nishalarni) ko'rasiz. Shuningdek, tovarning mavsumiyligi va oylik aylanmasini aniq bilib xarid qilasiz.

Raqobatchilarning kunlik va oylik sotuvlarini ko'rsa bo'ladimi?

Ha. Tizim raqobatchilarning tovar qoldiqlari o'zgarishi va narxlarini kunlik skanerlab, ularning qancha dona sotayotganini va qancha pul aylanayotganini hisoblab beradi.

Qidiruv natijalari qanchalik tez-tez yangilanadi?

Bozor ma'lumotlari har kuni avtomatik yangilanadi. Trenddagi tovarlar, keskin o'sayotgan yoki sotuvi to'xtagan tovarlar dinamikasini grafigi bilan kuzatishingiz mumkin.

Keyingi xit tovaringizni bugun toping

eStats bozor tahlili bilan xarid risklarini kamaytiring va yuqori marjali savdo qiling.