Marketpleyslar uchun samarali reklama va trafik boshqaruvi
Reklamaga pul sochishni bas qiling. Uzum Boost TOP xarajatlarining haqiqiy rentabelligini (DRR) biling va Telegram hamda Instagram orqali tashqi xaridorlar oqimini oshiring.
Boost TOP va DRR nazorati
Reklama tovaringizga foyda keltiryaptimi yoki budjetni yeb qo'yyaptimi? DRR va ROAS ko'rsatkichlari bilan har bir aksiyani to'g'ri baholang.
Telegram avtoposting
Katalogdagi tovarlarni Telegram kanallarga bir klik bilan e'lon qiling. Rasm, narx va marketpleysga to'g'ridan-to'g'ri havola avtomatik shakllanadi.
Instagram va Tashqi trafik
Ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyangizni to'g'ri do'konga yo'naltiring. Tashqi trafik marketpleys algoritmlarida tovaringizning organik o'rnini keskin ko'taradi.
Marketing budjetingizni 2 baravar tejang
Ko'p beriladigan savollar
Boost TOP reklamada DRR (Доля рекламных расходов) qanday hisoblanadi?
DRR = (Reklamaga ketgan xarajat / Reklama orqali qilingan savdo) * 100%. eStats har bir tovar bo'yicha DRR ni real vaqtda ko'rsatadi. Agar tovar marjasi 20% bo'lsa va DRR 25% bo'lsa, siz har bir sotuvdan zarar ko'rayotgan bo'lasiz. eStats buni darhol qizil bilan ogohlantiradi.
Telegram va Instagram avtoposting qanday ishlaydi?
eStats orqali siz tovarlaringiz kartochkalari, narxlari va havolalarini to'g'ridan-to'g'ri Telegram kanalingizga yoki Instagram sahifangizga avtomatik chiroyli formatda post qilib chiqarishingiz mumkin. Bu tashqi bepul trafik oqimini yaratadi.
Reklama kalit so'zlari va pozitsiyalarni optimallashtirish mumkinmi?
Ha. Qaysi kalit so'zlar bo'yicha tovaringiz ko'proq bosilayotgani va sotilayotganini tahlil qilib, foydasiz so'zlarga pul sarflashni to'xtatishingiz mumkin.